Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston delegatsiyasi xalqaro anjumanda ishtirok etmoqda

Joriy yilning 4-15-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI) Standartlashtirish Byurosi 13-tadqiqot komissiyasining yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur yig‘ilishda Raqamli texnologiyalar vazirligi bo‘lim boshlig‘i, XEI Standartlashtirish Byurosi 13-tadqiqot komissiyasi (Kelajak tarmoqlari) raisining o‘rinbosari O. Asadov boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari ham ishtirok etmoqda.

Shuningdek, mazkur tadbirga XEI taklifiga binoan "O‘zTTBRM” davlat unitar korxonasi direktori U. Shakirov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etmoqda.

Xalqaro tadbir doirasida XEIning tegishli bo‘linmalari va tadqiqot komissiyalari bilan hamkorlikni rivojlantirishga va mustahkamlashga qaratilgan qator ushrashuvlar bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

XEI (ITU — International Telecommunication Union) Birlashgan Millatlar Tashkilotining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi ixtisoslashgan tashkilotidir.

1865-yilda aloqa tarmoqlarida xalqaro ulanishni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan XEI global radio spektri va sun’iy yo‘ldosh orbitalarini taqsimlaydi, tarmoqlar va texnologiyalarning uzluksiz ishlashiga imkon beruvchi texnik standartlarni ishlab chiqadi va butun dunyo bo‘ylab AyTi dan foydalanishni targ‘ib qiladi.

Bunda 193 ta davlat, 900 ga yaqin kompaniya, universitet va xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar XEI ning a’zosi hisoblanadi. XEI shtab-kvartirasi Jenevada (Shveysariya) joylashgan.

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yil 10-iyuldan XEI ning to‘la huquqli a’zosi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasining XEIga a’zoligi xalqaro telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish, respublika telekommunikatsiya tarmog‘ining yagona norma va standartlar asosida faoliyat yuritish, xalqaro tarqatishda mamlakat manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan o‘zaro hamkorlik qilish, radiochastota spektrini belgilash, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish uchun XEI texnik yordamini jalb qilish, AyTi mutaxassislarining malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlik qilishga imkon beradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring