Yozni noodatiy, vertikal konditsioner bilan qarshi oling!
![Yozni noodatiy, vertikal konditsioner bilan qarshi oling!](https://ict.xabar.uz/static/crop/1/0/920__95_1098931944.jpg)
Yangi Mijia 3 HP Dual Outlet vertikal konditsioneri yuqori darajadagi energiya samaradorligi, kuchli havo oqimi va yana boshqa ko‘plab aqlli uy qurilmalariga ulanish qobiliyatiga ega.
Konditsioner balandligi 1863 mm bo‘lgan vertikal kumush korpusga joylashtirilgan.
Havo ta’minoti 1710 m³/soat tezlikda amalga oshiriladi. Sovuq havo ishlab chiqarish quvvati 1930 Vt, issiq havo esa 2680 Vt ga yetadi.
Kompaniya turli foydalanuvchilar ehtiyojlariga mos keladigan ikkita havo oqimi rejimini taqdim etdi.
Shuningdek, yangi mahsulot antibakterial va antifungal filtrlar bilan ham jihozlangan.
Ular 99 foiz samaradorlik bilan qurilma ichida bakteriyalarning ko‘payishini va shu bilan ularning havoga qayta tarqalishining oldini oladi.
Qolaversa, u yuqori haroratli quritish yordamida o‘zini o‘zi tozalash tizimiga ham ega.
Birinchi darajali energiya samaradorligi va Xiaomi HyperOS Connectni qo‘llab-quvvatlash xususiyatiga ega konditsioner uncha-munchaga shovqin ko‘tarmaydi.
Bu esa yoshi katta va yosh bolali xonadonlar uchun ayni muaddao.
Mijia ilovasi esa qurilmaning harorati va ish rejimlarini masofadan turib boshqarish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter