O‘zbek yigiti Pinterestga dasturchi sifatida ishga kirdi

Mashhur kompaniyalarda ishlayotgan o‘zbekistonlik dasturchi yoshlar safi kengayishda davom etmoqda. Vatandoshimiz Diyorbek Sadullayev nufuzli Pinterest kompaniyasida UX Engineer sifatida ish boshladi.
Diyorbek Sadullayev Polsha-Yaponiya axborot texnologiyalari akademiyasida ta’lim olgan. 2018-2019-yillarda PeriPlus AG, 2019–2023-yillarda Super Dispatch kompaniyalarida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun: Pinterest — bu foydalanuvchilarga rasmlarni onlayn qo‘shish, ularni tematik to‘plamlarga joylashtirish va boshqa foydalanuvchilar bilan baham ko‘rish imkonini beruvchi ijtimoiy internet xizmati hisoblanadi. Kompaniyaga 2010-yil yanvarda asos solingan bo‘lib, daromadi qariyb 2 mlrd AQSh dollarini tashkil etadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter