Namanganlik frilanserlar — xizmat eksporti hajmi bo‘yicha kuchli to‘rtlikda
Bugungi kunda Namangan viloyatida besh mingga yaqin frilanserlar dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish bilan band. Ularning safi kundan-kunga ortib bormoqda.
Viloyatda bo‘lib o‘tgan “Moliyaviy erkinlik sari: frilanserlik va elektron tijorat — kelajak kasbi” shiori ostidagi forum to‘rt yuzdan ortiq yoshlar va qiziquvchilarni jamladi.

Forumdan maqsad yoshlar va xotin-qizlar bandligini oshirish, ularga qo‘shimcha daromad manbalarini topishga ko‘maklashishdir.

Forumda frilanserlik faoliyati uchun eng ishonchli Upwork, Fiverr, TopTal va boshqa ko‘plab xorijiy platformalardan foydalanib, o‘z kasbiy faoliyati davomida yuqori ko‘rsatkichlarga, tajribaga ega bo‘lgan mamlakatimizning yetakchi frilanserlari qanday qilib frilanserlik platformalarida ro‘yxatdan o‘tish va birinchi buyurtmani olish bo‘yicha nazariy, amaliy bilim va orttirilgan tajribalarini talabalar bilan bo‘lishdilar.

Tadbirda Namangan shahri hokimi G‘ofirjon Jamolov, Raqamli texnologiyalar vazirligining viloyat sho‘’basi rahbari Rasuljon Xolmatov, Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi mas’ullari ishtirok etdilar.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter