Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy til xalqning o‘ziga xosligidan dalolat beradi (video)

1989 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi va o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Bu mustaqillik sari qo‘yilgan hal qiluvchi qadam edi.

Milliy til – tarix, usiz xalq yashay olmaydi. Til muloqot uchun zarur bo‘libgina qolmay, xalqning o‘ziga xosligidan dalolat beradi, uning ma’naviy salohiyatini belgilaydi. U xalq tarixini, davlat taraqqiyotini aks ettiradi.

Yaqinlashib kelayotgan bayram munosabati bilan “UNICON.UZ” korxonasida tilimizning rivojlanish tarixi, o‘zlashgan atamalar va sohadagi kamchiliklar yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari qatnashishdi va huquqiy sohada atamalar qo‘llanilishi va o‘zlashgan atamalar mazmun-mohiyati yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Tadbir so‘ngida tilshunoslarning soha rivojiga qo‘shayotgan hissalari e’tirof etilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ma’lumot uchun, yaqinda Atamashunoslik va lug‘atlar xizmati hamda “UNICON.UZ” MChJning mutaxassislari hamkorligida “Buyumlar Internetiga oid atamalarning o‘zbekcha-ruscha izohli lug‘ati” ishlab chiqilgan edi.

Ushbu izohli lug‘at IoT sohasidagi so‘nggi yo‘nalishlar va o‘zgarishlardan xabardor bo‘lishni istagan ilmiy-texnik xodim, o‘qituvchi, izlanuvchi, tarjimonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, murakkab atama va tushunchalarni tushunishga yordam beradi va uning yordamida foydalanuvchilar IoT asoslarini osongina o‘rganishlari hamda ushbu sohadagi bilimlarini chuqurlashtirishlari mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring