UNICON.UZ: Raqamli texnologiyalar sohasidagi ilmiy yutuqlar va standartlashtirishdagi muvaffaqiyatlar yuksalmoqda
“UNICON.UZ” MChJ raqamli texnologiyalar, kriptologiya va axborot xavfsizligi sohasida 2024-yilda bir qator yirik yutuqlarga erishdi. Telekommunikatsiya, sun’iy intellekt va axborot xavfsizligi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar milliy va xalqaro darajada e’tirof etilmoqda.
Prezident qarori asosida tashkil etilgan Kriptologiya maktabi axborot xavfsizligini mustahkamlash va zamonaviy kadrlarni tayyorlash maqsadida faoliyat olib bormoqda.
• 40 dan ortiq ilmiy tadqiqot;
• 60 dan ortiq davlat standartlari va me’yoriy hujjatlar;
• 4 ta patent va 10 ta mualliflik guvohnomasi;
• 6 turdagi xavfsizlikka oid dasturiy va apparat ta’minoti ishlab chiqildi.
Shuningdek, 10 dan ortiq darslik va monografiyalar tayyorlanib, sohada kriptologiya savodxonligini oshirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirishda muhim qadam qo‘yildi.
Shuningdek, “UNICON.UZ” ilmiy tadqiqotlari natijasida:
• 20 dan ortiq ilmiy maqola chop etildi;
• 6 ta mualliflik guvohnomasi va 2 ta yangi dasturiy mahsulot yaratildi;
• 2 turdagi AHV qurilmasi ishlab chiqilib, 2 ta teleuzatkich modernizatsiya qilindi.
Bundan tashqari, milliy darajada 10 dan ortiq normativ hujjat ishlab chiqildi va xalqaro standartlarga mos keluvchi 40 dan ortiq yangi standartlar joriy etildi. Bugungi kunda IT sohasidagi standartlar soni 286 taga yetib, ulardan 69 foizi jahon standartlariga moslashtirildi.
2024-yilda “UNICON.UZ” MChJ O‘zbekiston Texnik jihatdan tartibga solish agentligi tomonidan “Yil standartizatori – 2024” mukofoti bilan taqdirlandi. Ushbu e’tirof korxonada standartlashtirish xizmatlarini muvaffaqiyatli tashkil etgani va soha rivojiga qo‘shgan hissasi uchun berildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter