UNICON.UZ MChJ hamda SERVIONIX LLC vakillari o‘rtasida hamkorlik kengaymoqda

SERVIONIX LLC kompaniyasi vakillari Toshkentga tashrif doirasida UNICON.UZ Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishtirok etdilar.
Tadbir davomida axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollari samarali muhokama qilindi.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini ko‘rib chiqdilar:
- Axborot xavfsizligi bo‘yicha konsalting va audit xizmatlari;
- Korporativ mijozlar uchun internetdan xavfsiz foydalana olishni ta’minlash;
- AT infratuzilmasini har tomonlama himoya qilish;
- SOC yaratish va axborot xavfsizligini autsorsing qilish;
- DDos-hujumlardan himoya qilish yechimlari;
- Firibgarlikka qarshi kurashish (Antifraud).
Ma’lumot uchun, Avstriyaning SERVIONIX LLC kompaniyasi axborot tizimlarini himoya qilish sohasida xalqaro ekspert hisoblanadi.
U AQSh, Isroil, Yevropa va MDH davlatlaridagi davlat muassasalari, muhim infratuzilma ob’yektlari, yirik korxonalar va texnologik tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
IT texnologiyalar sohasidagi ikki yetakchi kompaniyaning uchrashuvi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdagi imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter