Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Londondagi “BETT” ko‘rgazmasida O‘zbekiston IT sohasi vakillari hamda IT Park ta’lim rezidentlari ishtirok etdi

Londondagi “BETT” ko‘rgazmasida O‘zbekiston IT sohasi vakillari hamda IT Park ta’lim rezidentlari ishtirok etdi

Foto: Mitc.uz

Buyuk Britaniya poytaxti Londonda 29-31-mart kunlari “BETT” (British education training and technology) ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston IT sohasi vakillari hamda IT Park ta’lim rezidentlari ham qatnashdi.

Ko‘rgazma doirasida aholi va yoshlarda raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida IT ta’lim berish bo‘yicha kontentlarni olib kelish, davlat xizmatchilarining raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Long life learning” (Hayot davomida ta’lim) tamoyili asosida ta’lim jarayonlarini shakllantirishda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda yuqori malakali IT mutaxassislarni tayyorlash maqsadida Buyuk Britaniya va Yevropaning oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, yoshlar va aholining IT savodxonligini baholovchi xalqaro tashkilotlarni respublikamizga jalb etish yuzasidan muzokaralar o‘tkazildi.

Ma’lumot uchun: “BETT” ko‘rgazmasi 1985-yildan beri muntazam ravishda har yili o‘tkazib kelinadi. Bu yilgi ko‘rgazmada 120 dan ortiq davlatlardan 30 mingga yaqin ishtirokchilar, 600 dan ortiq innovatsion kompaniyalar tomonidan ta’lim texnologiyalaridagi eng yangi yutuqlar, startap loyihalari namoyish  etildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring