Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda ilk marotaba ITga bag‘ishlangan teatr festivali bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda ilk marotaba ITga bag‘ishlangan teatr festivali bo‘lib o‘tadi

Madaniyat hamda Raqamli texnologiyalar vazirliklari, IT ta’lim uyushmasi hamda O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamkorligida joriy yilning 25-30-aprel kunlari mamlakatimizda ilk marotaba "XXI asr bolalari" birinchi xalqaro bolalar teatrlari va IT festivali bo‘lib o‘tadi.

Mazkur festivalni o‘tkazishdan maqsad madaniyat va axborot texnologiyalari sohalarini uyg‘unlashtirish, kelajak avlod tarbiyasi va shaxs kamolotida ijodiy salohiyatni rivojlantirishdan iborat.

O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida Raqamli texnologiyalar vazirligi g‘oyasi asosida rejissyor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Malika Iskandarova tomonidan sahnalashtirilgan "Game over" spektakli omadli sahna asari bo‘ldi. Unda bugunning dolzarb mavzulardan biri – kompyuter o‘yinlariga berilgan bolakayning virtual olamga tushib qolishi bilan bog‘liq sarguzashtlar aks ettiriladi.

Festivalda O‘zbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Belarus, Kipr, Rossiya kabi davlatlardan 60 ga yaqin ijodkorlar ishtirok etadi.

Dasturdan rasmiy ochilish marosimi, ommaviy axborot vositalari ishtirokida xalqaro matbuot anjumani, IT mavzusiga bag‘ishlangan spektakllar namoyishlari, ijodiy davra suhbatlari, fotosessiyalar o‘rin olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring