Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koreyada o‘tkaziladigan “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbirida ishtirok eting!

Koreyada o‘tkaziladigan “Uzbekistan Outsourcing Conference” tadbirida ishtirok eting!

Foto: Digital.uz

Tadbirda O‘zbekistonning IT va BPO sohalaridagi salohiyatini kashf etasiz. Qolaversa:

  • Soliq imtiyozlari: 0% korporativ, ijtimoiy, mol-mulk va yer solig‘i hamda IT va BPO -kompaniyalarini qo‘llab-quvvatlashning boshqa vositalari haqida batafsil bilib olasiz;
  • Malakali iste’dodlar: 20 million mehnatga layoqatli aholi orasidan turli va ko‘p tillarni biladigan iqtidorlar zahirasi, jumladan, 14 000 dan ortiq koreys tilida so‘zlashuvchi mutaxassislarni taklif qiluvchi yosh va dinamik ishchi kuchi bilan tanishasiz;
  • IT viza: investorlar, kompaniya asoschilari va IT-mutaxassislar uchun 3 yilgacha amal qiluvchi ko‘p martalik viza olishingiz mumkin;
  • Biznes yuritishning qulayligi: faoliyatni tezda yo‘lga qo‘yish uchun zarur barcha yordamni olgan holda 3-6 hafta ichida kompaniyangizni ishga tushirish imkoniyati;
  • “Zero Risk” dasturi: 12 oy davomida bepul ofis maydoni va xodimlarning ish haqi va malakasini oshirish xarajatlarini qoplash imkoniyatlaridan foydalaning.
  • Xizmat ko‘rsatishga yo‘naltirilgan IT bo‘lmagan kompaniyalar uchun imtiyozlar: IT Park rezidentligi orqali Markaziy Osiyo bozoriga kirish.

Kimlar qatnashishi mumkin?

➡O‘zlarining autsorsing faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yuqori darajadagi kompaniya vakillari;

➡Biznesni kengaytirish va yangi autsorsing imkoniyatlarini izlayotgan biznesni rivojlantirish bo‘yicha menejerlar.

Sizni nafaqat qimmatli ma’lumotlar taklif qiladigan, balki O‘zbekiston ITES-sohasida yangi imkoniyatlar eshigini ochib beradigan tadbirda kutib qolamiz.

Vaqti: 23-aprel, 13:30                                  

Manzili: Seul, Janubiy Koreya, “LOTTE World Tower” SKY31 Convention

Taklifnoma olish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring