Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Istiqbolli startaplar uchun navbatdagi “Startaplar taqdimoti kuni” (Demo Day) tashkil etildi

Istiqbolli startaplar uchun navbatdagi “Startaplar taqdimoti kuni” (Demo Day) tashkil etildi

Mazkur tadbirda 15 dan ortiq tijorat banklari, venchur fondlari, xalqaro tashkilotlar va Prezident Administratsiyasi vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida  RoyalTaxiUySotIMANAllGood ,OZ PLANETMYCFO kabi oltita istiqbolli startaplar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Demo Day” davomida banklar va startaplar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlik qamrovini kengaytirish va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish maqsadida startaplar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, Plug&Play Uzbekistan “Tijorat banklari bilan hamkorlik” mavzusidagi o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

Tadbirning eng muhim qismidan biri  startaplar mualliflari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari T. Ishmetov, Raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari O. Umarov va Markaziy bank raisi o‘rinbosari A.Turdaliyev o‘rtasidagi muloqot bo‘ldi.

Ushbu muloqot davomida ilgari “Demo Day” tadbirlarida ishtirok etgan  “Jett”, “Cradle”, “Zypl.AI”, “Coozin”, “Sugʻurta bozor”, “Ustabor” kabi startap mualliflari banklar bilan hamkorlik davomida erishilgan natijalar, qiyinchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha fikrlar almashishdi. 

Banklar uchun startaplar bilan hamkorlik, biznes jarayonlarini raqamlashtirish, mahsulot va xizmatlar qatorini kengaytirish hamda yangi innovatsiyalar joriy qilish imkonini beradi. O‘z navbatida, startaplar bank mijozlari bazasidan foydalanish, investitsiyalar, resurslar, shuningdek, ekspert yordami va maslahatlarini olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring