Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Har bir mutaxassis uchun subsidiya ajratish masalasi muhokama qilindi

Har bir mutaxassis uchun subsidiya ajratish masalasi muhokama qilindi

Foto: IT Park

17-mart kuni IT Park  Uzbekistan binosida  Raqamli texnologiyalar vazir o‘rinbosari  Rustam Karimjonov va IT Park direksiyasi vakillari ishtirokida  IT-mutaxassislarga subsidiya ajratish mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tizimni rivojlantirish masalasi  O‘zbekiston prezidenti raisligida 2023-yilning 22-fevral kuni tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tilga olingan edi.

Yig‘ilish davomida IT-xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashgan IT-ta’lim markazlariga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun 35 million so‘mgacha subsidiya ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish va uni amalga oshirishning samarali mexanizmlari muhokama qilindi.

Uchrashuvda 10 dan ortiq rezident kompaniyalar vakillari ishtirok etib, subsiya ajratish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring