Har bir mutaxassis uchun subsidiya ajratish masalasi muhokama qilindi
17-mart kuni IT Park Uzbekistan binosida Raqamli texnologiyalar vazir o‘rinbosari Rustam Karimjonov va IT Park direksiyasi vakillari ishtirokida IT-mutaxassislarga subsidiya ajratish mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tizimni rivojlantirish masalasi O‘zbekiston prezidenti raisligida 2023-yilning 22-fevral kuni tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tilga olingan edi.
Yig‘ilish davomida IT-xizmatlarni eksport qiluvchi kompaniyalarga ishga joylashgan IT-ta’lim markazlariga har bir mutaxassis uchun 25 million so‘mgacha, nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun 35 million so‘mgacha subsidiya ajratish tizimini yo‘lga qo‘yish va uni amalga oshirishning samarali mexanizmlari muhokama qilindi.
Uchrashuvda 10 dan ortiq rezident kompaniyalar vakillari ishtirok etib, subsiya ajratish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter