Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

“McKinsey” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

“McKinsey” kompaniyasi bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov “McKinsey & Company” kompaniyasining katta hamkori Rolando Balsinde bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda O‘zbekistonda IT sohasini rivojlantirish, IT eksport hajmini oshirishda kompaniya imkoniyatlaridan foydalanish, axborot texnologiyalarini uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadli rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida investitsiya muhitini yaxshilash, IT eksport hajmini oshirish borasida takliflar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, IT Park tomonidan xorijiy kompaniyalar uchun taqdim etiladigan soliq imtiyozlari, IT Park rezidentlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berib o‘tildi.

Shuningdek, BPO hamda elektron tijorat kabi yo‘nalishlarda zamonaviy xizmatlarni joriy qilish masalalari muhokama qilindi.

Ma’lumot uchun: “McKinsey & Company" kompaniyalar guruhi butun dunyo bo‘ylab hukumatlar va yirik kompaniyalarga boshqaruv konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi xalqaro korporatsiyadir. Hozirda McKinsey 66 mamlakatda 150 dan ortiq vakolatxonalariga ega. McKinsey xodimlarining umumiy soni bugungi kunda 40 000 dan ortiq kishini tashkil etadi. McKinsey Vault tomonidan Menejment bo‘yicha konsalting, strategiya bo‘yicha konsalting va boshqa ko‘plab toifalarda birinchi o‘rinni egalladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring