Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi   

O‘quv markazi ochish uchun subsidiya ajratishning navbatdagi bosqichi boshlandi    

Talabgorlar 10-iyulga qadar “Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga subsidiya ajratish” xizmatidan foydalanishlari mumkin. 

Bu turdagi subsidiya quyidagi maqsadlarda ajratiladi: 

  •  bino va o‘quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o‘qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jihozlashga; 
  •  zarur darsliklar, o‘quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta’minlash, ta’lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to‘lashga. 

 Quyidagi hujjatlar talab etiladi: 

 🔵2 yilga mo‘ljallangan biznes reja; 

🔵mahsulot yetkazib berish yoki ishlarni, xizmatlarni bajarish to‘g‘risida tuzilgan xo‘jalik shartnomalari; 

🔵pedagog kadrlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalari; 

🔵pedagog kadrlarning xorijiy tilni bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikatlari; 

🔵ta’lim jarayonida foydalanilayotgan bino yoki o‘quv xonalarining ijara shartnomasi (ko‘chmas mulk ijarasi asosida faoliyat yuritayotgan nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun). 

Xizmatdan foydalanish mutlaqo bepul.

Foydalanish tartibi bilan videoyo‘riqnomada tanishing: https://youtu.be/M_e3Lczq34U

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring