Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Farg‘ona shahrida BPO-xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan xalqaro call-markazi ish boshladi

Farg‘ona shahrida BPO-xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan xalqaro call-markazi ish boshladi

Farg‘ona shahrida “Audiotele” kompaniyasi tomonidan autsorsing xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan xalqaro call-markazi ish boshladi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov mazkur yangi tashkil etilgan markazda bo‘lib, faoliyati bilan tanishdi.

Viloyatda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, mazkur sohada istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, IT-xizmatlar eksportiga muhim e’tibor qaratilyapti. Bugungi kunda IT-park rezidentlari soni yuzdan oshib, xizmatlarini eksport qiluvchi korxonalar soni esa 20 taga yetdi.

Rossiya Federatsiyasida faoliyat olib boradigan, call-markaz autsorsingi xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha peshqadam bo‘lgan “Audiotele” kompaniyasi tomonidan viloyatda tashkil etilgan markaz ham IT sohasidagi loyihalardan biridir.

Hozirda markazda 60 nafar yosh mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda. Yil yakuniga qadar ular soni 110 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.

Rossiya Federatsiyasining qator shaharlarida o‘z kontakt-markazlariga ega bo‘lgan, 4 ming nafardan ziyod xodim faoliyat olib borayotgan “Audiotele” kompaniyasi tomonidan 2022-yilda mamlakatimizda tashkil etilgan “Voice solutions VB” MChJ O‘zbekistondagi IT Park rezidenti hisoblanadi. Kompaniya BPO (autsorsing xizmatlari aloqa markazi) xizmatlarini eksport qilishga ixtisoslashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring