Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun “Job Fest” — AyTi sohasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi boshlandi (foto)

Bugun “Job Fest” — AyTi sohasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi boshlandi (foto)

Foto: Digital.uz

Bugun, 9-iyun kuni Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida “Job Fest” — IT sohasida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi boshlandi.

Tadbirda Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov qatnashdi.

Yarmarka yoshlarga AyTi sohasidagi kompaniyalar vakillari bilan muloqot qilish imkoniyatini yaratib, ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot, qiziqtirgan savollariga javob beriladi.

Yarmarka quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  • Career Fair (9-iyun) — IT sohasida ish qidirayotganlar uchun;
  • Edufest (10-iyun) — IT sohasida sifatli ta’lim olishni istaganlar uchun;
  • Startup Battle (10-iyun) — shaxsiy startap-loyihani amalga oshirish uchun.

AyTi sohasidagi yarmarkaga tashrif buyuring va ishli bo‘ling! 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring