Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bola qachon emlanishi kerakligini my.gov.uz dan bilib oling!

Bola qachon emlanishi kerakligini my.gov.uz dan bilib oling!

Foto: Chayka.lv

Farzand dunyoga kelganidan boshlab 16 yoshgacha emlanadi. Bunday muhim jarayon ota-onalar tomonidan nazorat qilib borilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi. Chunki faqat poliklinika, bog‘cha, maktab tomonidan aytilsagina bola emlanishi kerakligidan xabar topadiganlar talaygina. Agar har bir oilada bolaning emlanish taqvimi yuritilsa, vaksinaga oldindan tayyorgarlik ko‘rish, uning vaqtida emlanganiga ishonch hosil qilish mumkin. E’tibor bergan bo‘lsangiz, shifokorlar vaksina oldidan puxta tayyorgarlik ko‘rishni tayinlaydilar. Bu immunitet hosil bo‘lishi va vaksinani yengil ko‘tarishda muhim ekan.

Vaksina olish muddatini bilgan onalargina bolani bunga to‘g‘ri tayyorlashi mumkin. Xo‘sh, taqvimni qayerdan olamiz? Albatta, buni shifokordan so‘rab yozib olish, tasdiqlangan jadvaldan nusxa ko‘chirib, uyda saqlash kabi variantlar bor. Lekin bolali uyda bu tartibni ushlab turish qiyin, izlaganingni vaqtida topolmay xunob bo‘lish holati ham ko‘pchilikka tanish.

Shunday ekan, my.gov.uz portalidagi "Bolalarning emlanish taqvimi" orqali farzandingizni tug‘ilganidan boshlab 16 yoshigacha qachon va qanday vaksinalar bilan emlanishi, u vaksinalar qaysi kasalliklarga qarshi ta’sir ko‘rsatishi haqida onlayn to‘liq ma’lumot olish eng maqbul yo‘l.

Bolangiz necha kunlik (oylik, yosh) ekanini yozsangiz, unga mos vaksinalar ro‘yxati chiqib keladi. Onalar shunga qarab bolani bemalol oldindan tayyorlashi, poliklinikadan xabar kutmay, vaksina muddati kelganda o‘zlari talab qilishi mumkin. Bog‘cha-maktabdan vaksina olishga to‘g‘ri kelganda "U vaksina nimaga o‘zi? Qachongacha olinishi kerak?", degan savollarga ham o‘rin qolmaydi.

Bu farzand o‘stirayotgan har bir oila uchun kerakli ma’lumot, shunday emasmi?

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring