Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AT&T kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab uyali aloqa nosozligini boshdan kechirmoqda. T-Mobile, Verizon mijozlari ham shikoyat bilan murojaat qilishdi

AT&T kompaniyasi butun mamlakat bo‘ylab uyali aloqa nosozligini boshdan kechirmoqda. T-Mobile, Verizon mijozlari ham shikoyat bilan murojaat qilishdi

Foto: The Verge

Payshanba kuni ertalab, AT&T kompaniyasining xabar berishicha, uyali aloqa tizimida uzilish sodir bo‘lgan va butun mamlakat bo‘ylab telefon xizmatiga ta’sir qilgan.

Nosozlik ertalab soat 4 da boshlandi, biroq kompaniya uzilish haqida bir necha soatdan keyin izoh berdi. Erta tongdan aloqa tizimidagi nosozliklarni kuzatib boruvchi onlayn saytga 60 mingdan ortiq shikoyat kelib tushgan.

“Bugun ertalab ba’zi mijozlarimiz simsiz aloqada uzilishlarga duch kelishdi, — deyiladi kompaniya bayonotida. — Biz zudlik bilan muammoni hal qilish ustida ishlayapmiz. Xizmat tiklanmaguncha Wi-Fi qo‘ng‘iroqlaridan foydalanishni tavsiya qilamiz”.

Kompaniya muammoga aynan nima sabab bo‘lganini va muammo qachon hal etilishi haqida ma’lumot bermadi.

Downdetector.com uzilishlarni kuzatish sayti ma’lumotlariga ko‘ra, uyali aloqa xizmatlarining uzilishi T-Mobile, Verizon va boshqa tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ham qayd etilgan.

Jumladan, xabar berilishicha, muammolarning aksariyati Los-Anjeles, Dallas, San-Diyego, Xyuston, San-Antonio, Gonolulu, Chikago, San-Fransisko va Atlanta kabi yirik shaharlarda sodir bo‘lgan.

AT&T veb-saytiga ko‘ra, Virjiniya shtatida ham simsiz uzilishlar sodir bo‘lgan, dastlabki ko‘rsatilgan sabab — ta’mirlash.

Downdetector ma’lumotlariga ko‘ra, 31 900 dan ortiq AT&T mijozlari 4:30 atrofida uzilishlar haqida xabar berishdi.

Ertalab soat 7:12 ga kelib, 51 000 dan ortiq odam AT&T xizmatlari bilan bog‘liq muammolar haqida xabar bergan. Ertalab soat 8 da bu raqam 69 000 dan oshdi.

Foydalanuvchilarning aksariyati (54 foiz) mobil telefon xizmatidagi muammolardan shikoyat qilgan. Mijozlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i ularda umuman signal yo‘qligi, 8 foiz foydalanuvchi esa mobil internet ishlamay qolganini aytishgan.

Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQShdagi Verizon va T-Mobile mijozlari erta tongda platformada 800 dan ortiq buzilishlar haqida xabar berishdi.

Ertalabki soat 7 ga kelib, bu raqam 3900 dan ortiq shikoyatga o‘sdi.

Biroq, Verizon va T-Mobile o‘z bayonotlarida ularning tarmoqlari normal ishlayotganini aytdi.

Downdetector manbalardan olingan holat hisobotlarini, jumladan, foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan xatolarni jamlash orqali buzilishlarni kuzatib boradi.

Eri okrugi favqulodda vaziyatlar xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, nosozlik tez yordam xodimlarini bog‘laydigan First Net tarmog‘iga ta’sir ko‘rsatdi.

San-Fransisko yong‘in xavfsizligi boshqarmasi o‘zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi postida elektr uzilishi 911 raqamiga kelib tushadigan qo‘ng‘iroqlarga ta’sir ko‘rsatganini ma’lum qildi.  

WSB xabar berishicha, Atlanta politsiyasi xodimlari statsionar telefonlarda muloqot qilishda qiynalishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring