Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Amaldorlarga WhatsApp va Telegramdan foydalanish taqiqlanadi

Amaldorlarga WhatsApp va Telegramdan foydalanish taqiqlanadi

Foto: Phonandroid.com

Fransiya bosh vaziri Elizabet Born hukumatning barcha a’zolari va xodimlaridan xorijiy messenjerlarni o‘chirib tashlashni so‘radi.

Vazirlar mahkamasi rahbari WhatsApp, Telegram, Signal o‘rniga fransuz kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Olvid messenjeridan foydalanishkerak, deb hisoblaydi.

Hukumat nuqtai nazariga ko‘ra, Olvid barcha zamonaviy xavfsizlik standartlariga javob beradi, shifrlashni qo‘llab-quvvatlaydi, markazlashmagan arxitekturadan foydalanadi va ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami yoki boshqa shaxsiy ma’lumotlarni talab qilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring