Yarani davolovchi bandaj yaratildi
Kaliforniya Texnologiya Instituti (AQSh) olimlari to‘qimalarni tiklashda yordam beruvchi bandaj ishlab chiqdi. Tadqiqot Science Advances jurnalida chop etildi.
Aqlli bandaj o‘rnatilgan elektronika va dori-darmonlarni o‘z ichiga olgan moslashuvchan va elastik polimerdan qilingan. Datchiklar harorat va boshqa ma’lumotlarga asoslanib, odamning holatini kuzatib boradi, yallig‘lanish jarayonini va bakterial infeksiyaning boshlanishini nazorat qiladi.
Smartfon yoki kompyuterga ulangan qurilma jarohat holati haqidagi ma’lumotlarni uzatadi va qurilma antibiotikni to‘g‘ridan-to‘g‘ri davolash joyiga chiqaradi.
2022-yil noyabr oyida Stenford universiteti olimlari tuzalmaydigan surunkali yaralardan aziyat chekayotgan odamlar uchun innovatsion elektron bog‘ichni ishlab chiqdilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter