Xorijda tahsil olayotgan yoshlar uchun “Digital Ambassador” loyihasi e’lon qilindi

Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasida AQShda tahsil olayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiatlari hamda O‘zbekistonlik talaba yoshlar bilan mamlakatimizda IT sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida, vatandoshlarga o‘z startaplarini rivojlantirishlari uchun vazirlik tomonidan yo‘lga qo‘yilayotgan “Raqamli dunyo” loyihasida ishtirok etish, O‘zbekistonning “Raqamli texnologiyalar elchisi” sifatida faoliyat yuritish imkoniyatlari haqida taqdimotlar o‘tkazildi.
Ma’lumot uchun: Loyihaning asosiy maqsadi xorijda tahsil olayotgan talaba yoshlarni IT-ambassador faoliyatlarini yo‘lga qo‘yish orqali xorijda O‘zbekistonning IT sohasidagi imkoniyatlar va yaratilgan imtiyozlari haqida targ‘ibot ishlarini amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek, xorijdagi vatandosh yoshlarni IT sohasiga keng jalb etish, Raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalariga ilmiy tahlil asosida professional maslahatlar bilan ko‘maklashish maqsad qilingan.
Bundan tashqari, “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiantlari uchun Raqamli texnologiyalar vazirligi va tizim tashkilotlarda amaliyot dasturlarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter