Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda uchuvchisiz uchishlarni rejalashtirish va boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda uchuvchisiz uchishlarni rejalashtirish va boshqarish tizimi yo‘lga qo‘yildi

O‘zbekistonda uchuvchisiz uchish apparatlarning parvozlarini rejalashtirish va monitoring qilish uchun ATM: Safe Sky tizimi ishga tushirildi, deb, xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi. Platforma “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK tomonidan ishlab chiqilgan.

ATM: Safe Sky sizga uchuvchisiz uchish marshrutlarini oldindan rejalashtirish imkonini beradi. Shuningdek, xaritada boshqa dronlarning harakati va joriy havo bo‘shlig‘i cheklovlari ham ko‘rsatiladi.

Dasturiy ta’minot kompyuter yoki smartfonga o‘rnatilishi va parvoz ma’lumotlarini real vaqtda qabul qilishi mumkin.  

"ATM: Safe Sky" tizimining asosiy maqsadi – parvozlarni rejalashtirish va O‘zbekiston Respublikasi havo hududida uchuvchisiz uchish apparatlari harakati ustidan nazoratni ta’minlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, kompaniyalar va jismoniy shaxslar dronlardan foydalanish uchun litsenziya olishlari shart. Dronlarni noqonuniy sotib olish va uchirish uchun ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring