Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toyota ma’lumotlarning soxtalashtirilgani sababli ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Toyota ma’lumotlarning soxtalashtirilgani sababli ishlab chiqarishni to‘xtatdi

Foto: Ixbt.com

Yaponiyaning Toyota Motor avtokonserni Toyota Industries Corporation tomonidan taqdim etilgan dizel dvigatel quvvati ma’lumotlarini soxtalashtirilgani tufayli Yaponiyadagi to‘rtta zavoddagi oltita ishlab chiqarish liniyasining ishini vaqtincha to‘xtatdi. Bu 2024 yil 1 fevralgacha davom etadi.

Avvalroq Toyota bir nechta dizel dvigatellari va ushbu dvigatellar bilan jihozlangan 10 ta model, jumladan Land Cruiser 300 va Hilux kabi mashhur avtomobillarni yetkazib berishni to‘xtatishga qaror qilgan edi.

Bugun Yaponiyaning jamoat erlari, infratuzilma, transport va turizm vazirligi Toyota Industries zavodida aniqlangan qonunbuzarliklar yuzasidan tekshiruvlarni boshlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring