Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Og‘ir ahvoldagi bemorlarga kor qiluvchi texnologiya

Og‘ir ahvoldagi bemorlarga kor qiluvchi texnologiya

Foto: Techcult.ru

Massachusets texnologiya instituti tadqiqotchilari yaralar sabab qon yo‘qotishning oldini olish uchun sun’iy qon quyqalarini hosil qilish texnologiyasini ishlab chiqdilar. Bu bemorni kasalxonaga olib borguncha qon yo‘qotish xavfini kamaytirishga imkon beradi.

Ikki komponentli tizim inson tanasiga to‘liq mos keladi va qon aylanish tizimining ishlashiga to‘sqinlik qilmaydi. Nanozarrachalar nihoyatda kichik hajmga ega - 140-220 nanometr, shu sababli ular xavfli joylarda, masalan, o‘pkada to‘planmaydi.

Tirik hujayralar bilan bog‘lanish, hatto tashqi tomondan sezilmaydigan ichki qon ketishini ham blokirovka qilishga qodir. Kemiruvchilar ustida o‘tkazilgan tajribalar texnikaning samaradorligini isbotladi, endi uni odamlarda sinab ko‘rish kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring