AQShning Massachusets texnologiya instituti vitse-prezidenti bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Massachusets texnologiya instituti (AQSh) vitse-prezidenti Erik Grimson bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda raqamli texnologiyalar, IT ta’lim hamkorligi masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, raqamli ta’lim hamda MIT tajribasi asosida o‘quv dasturlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shu bilan birga, startaplar va innovatsion g‘oyalarni rivojlantirish, MIT universiteti bilan birgalikda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
O‘z navbatida, raqamli transformatsiya jarayonida xavfsizlikni ta’minlash uchun MIT universitetining tajribasidan foydalanish, O‘zbekistonning tadqiqot va rivojlanish sohasidagi istiqbollarini muhokama qilib, MIT universiteti bilan ilmiy hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar berildi.
Ta’kidlash lozimki, ushbu uchrashuv O‘zbekiston va MIT universiteti o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam bo‘lib, kelgusidagi loyihalar va tashabbuslar uchun yangi imkoniyatlar ochadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter