Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

NASA vertolyoti Marsda rekord o‘rnatdi

NASA vertolyoti Marsda rekord o‘rnatdi

Foto: NASA

NASA xabar berishicha, uning Marsdagi vertolyot toifasiga kiruvchi Ingenuity droni 20 dekabr kuni Qizil sayyora atmosferasida bir uchishda ortda qoldirilgan masofa rekordini yangiladi. Ushbu dron Perseverance roveri bilan birga Yezero kraterida qadimgi daryo tubini o‘rganmoqda.

Ingenuity rover bilan birga missiyasi davomida 69-parvozini amalga oshirdi. Vertolyot Mars qishi va qator buzilishlardan so‘ng ham ishlashda davom etyapti.

Rekord o‘rnatilgan parvozda vertolyot 16 metr balandlikda 10 m/s tezlikda uchdi. Ingenuity 705 metr masofani ortda qoldirdi, buning uchun 135,4 soniya sarfladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring