Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

iPhone 15 Proning narxi ma’lum bo‘ldi

iPhone 15 Proning narxi ma’lum bo‘ldi

Foto: Cnbc.com

Sanoat media manbalari iPhone 15 Pro va 15 Pro Max  flagmanlari iPhone 14 Pro va 14 Pro Maxdan 100-200 dollarga qimmatroq bo‘lishini aniqladi. 15 Proning minimal narxi 1099 dollar, 15 Pro Max  - 1199 dollarni tashkil qiladi. Taqqoslash uchun iPhone 14 Pro va 14 Pro Maxning sotuvga chiqarilgan versiyalari mos ravishda 999 va 1099 dollarga baholangan.

Smartfonlar bozori yil davomida qariyb besh foizga pasaygan. Jurnalistlar, shuningdek, Apple 2022 yilga qaraganda kamroq flagman qurilmalar sotishi mumkinligini ta’kidladilar. Kompaniya dastlab yetkazib beruvchilardan 83 million dona smartfon buyurtma qilishni rejalashtirgan, keyin esa prognozni 77 million donagacha o‘zgartirgan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, liniyaning asosiy qurilmalari – iPhone 15 va 15 Plus narxi iPhone 14 va 14 Plusga nisbatan o‘zgarishsiz qoladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring