Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Google Pixel 8 Pro kamerasi iPhone 15 Pro Maxni ham ortda qoldirdi

Google Pixel 8 Pro kamerasi iPhone 15 Pro Maxni ham ortda qoldirdi

Foto: 4PDA

Pixel 8 Proda yangicha video takomillashtirish funksiyasi paydo bo‘ldi. Endi u hatto iPhone 15 Pro Maxni ham ortda qoldirishi mumkin. Chunki Google o‘zining yangi smartfonlari Apple smartfonlariga qaraganda yaxshiroq suratga tushirishini ma’lum qildi.

Bu hattoki solishtiruv natijlarida ham o‘z tasdig‘ini topdi. Shuni ta’kidlash kerakki, kontent sifatini yaxshilash uchun siz 30 kadr/s tezlikda maksimal 4K tasvirlarni suratga olishingiz mumkin.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslashga kelsak, tasvirni yoritishda farq unchalik katta emas. Agar videoda yorug‘lik yetishmasa, Video Boost funksiyasi yordamida rasmning yorqinligini sezilarli darajada oshirish va shovqinni yo‘q qilish mumkin.

Kam yorug‘likda tushirilgan tasvirlarga ana shunday ishlov berilishi oqibatida Pixel 8 Proda olingan videolar sezilarli darajada yorqinroq va tiniqroq bo‘ladi. Aynan shu tufayli ham Pixel 8 Pro qurilmasi iPhone 15 Pro Maxga bemalol tenglashtirilmoqda.

Hozircha Video Boost funksiyasi faqat Pixel 8 Prodagina mavjud, ammo keyinchalik oddiy Pixel 8 smartfonlarida ham paydo bo‘lishi kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring