Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OnePlus 12 ekrani iPhone 15 Pro Maxnikidan ikki baravar yorqinroq ekan

OnePlus 12 ekrani iPhone 15 Pro Maxnikidan ikki baravar yorqinroq ekan

Foto: Ichip.ru

OnePlus kompaniyasi OnePlus 12 smartfoni chinakam noyob OLED displeyga ega bo‘lishini e’lon qildi. Gap shundaki, uning eng yuqori yorqinligi 4500 nitga teng bo‘ladi. Bu sanoatdagi rekord qiymatdir.

Taqqoslash uchun, hozirgi iPhone 15 Pro Max flagmani maksimal yorqinligi 2000 nitga, Samsung Galaxy S23 Ultra esa 1750 nitga teng.

Smartfon 120 Gs kadr chastotali 6,82 dyuymli displey bilan jihozlanadi. Snapdragon 8 Gen 3 da ishlaydi va 5400 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lib, 100 vattli simli va 50 vattli simsiz quvvatlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring