Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

DxOMark ekspertlari iPhone 15 Pro displeyiga necha baho qo‘yishdi?

DxOMark ekspertlari iPhone 15 Pro displeyiga necha baho qo‘yishdi?

Foto: MacRumors

DxOMark ekspertlari iPhone 15 Pro displeyini sinovdan o‘tkazib, natijasini e’lon qilishdi.

Sinovlar jarayonida 15 Pro “akasi” — 15 Pro Max darajasida natija ko‘rsatdi va hatto eng muhim yo‘nalishlardan birida deyarli eng yuqori natijaga erishdi.

Ma’lumot uchun: iPhone 15 Pro smartfoniga 6,1 dyuymli, tomonlar nisbati 19,5:9 ga teng OLED-ekran (1179x2556 piksel, 120 Gs chastotali)  o‘rnatilgan.

Ekspertlar ushbu ayfon ekrani turli yorug‘lik sharoitlarida, jumladan, kunduzgi yorug‘likda, o‘qish uchun yaxshi ekanini e’tirof etishdi, fotosuratlarni tomosha qilishda ranglarning boyligi, kadrlar yo‘qolib qolganida sozlamalarni boshqarish a’lo darajada ekanini maqtashdi.

Albatta, minus (kamchilik)lar ham yo‘q emas. Masalan, ayrim fotosuratlar va videolardagi to‘q sariq spektrda inson terisi rangi sezilarli ravishda o‘zgarishi, HDR10 sifatli kontentni tomosha qilganda konstrastlar yetishmasligi, qolaversa, ekran yangilanish chastotasi oqsashi kuzatilgan.

Barcha sinovlar yakunlariga ko‘ra, iPhone 15 Pro smartfoni 149 ball to‘plab, laboratoriyaning solishtirma reytingida 6-pog‘onada joylashdi. Ultrapremial toifaga kiruvchi smartfonlar orasida esa ushbu ayfon ekrani zo‘rligi bo‘yicha — beshinchi o‘rinda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring