Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Endi rentgenga tushish xavfli emas

Endi rentgenga tushish xavfli emas

Foto: Diona-clinik

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti xodimlari rentgen nurlanishini ko‘rinadigan yorug‘likka samarali aylantiradigan yangi, arzon va toksik bo‘lmagan kimyoviy birikmalarni to‘pladilar. Olimlarning fikricha, bu materiallar samaraliroq rentgen apparatlari va ionlashtiruvchi nurlanish datchiklarini yaratishga yordam beradi.

Rentgen nurlari yoki boshqa ionlashtiruvchi nurlanishlar ta’sirida ko‘rinadigan yorug‘lik chiqaradigan materiallar sintillyatorlar deb ataladi. Ular tibbiyot va texnologiyada keng qo‘llaniladi: rentgen apparatlarida, aeroportlardagi xavfsizlik lentalarida, shuningdek, turli xil materiallarning sifatini tekshirish uchun qurilmalarda. 

Olimlar marganetsning brom va ixcham organik qoldiqlari bilan to‘rtta birikmasini sintez qilishdi. “Ko‘pchilik shunga o‘xshash materiallardan farqli o‘laroq, biz sintez qilgan namunalar nisbatan yuqori zichlikka ega, chunki ulardagi strukturaning organik komponentlari hajmning kichik qismini egallaydi. Bu ularga rentgen va ko‘rinadigan nurlanishni yanada samaraliroq suratga olish va keyin uni o‘zgartirish imkonini beradi”, deb tushuntirdi loyiha ishtirokchisi Sergey Fateyev.

“Kelajakda biz ionlashtiruvchi nurlanishni aniqlash uchun yupqa plyonkali optoelektron qurilmalarni yaratishda eng samarali materiallarni izlash uchun boshqa organik molekulalar va galogenlar bilan tizimlarni o‘rganishni rejalashtirmoqdamiz. Biz o‘z ishimizda tibbiyot va ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan rentgen detektorlari va vizualizatsiya ekranlarining samarali prototiplarini ishlab chiqishga intilamiz”, — dedi kimyo fanlari nomzodi Aleksey Tarasov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring