Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Apple 12 yillik an’anani buzdi

Apple 12 yillik an’anani buzdi

Foto: 3dnews

Apple 2023 yilda birorta ham yangi iPad chiqarmadi va bu bilan 12 yil davomida saqlanib qolgan an’anani buzdi. Bu kompaniya 2010-yilda original iPad taqdim etilganidan beri bir taqvim yilida bitta ham yangi planshet chiqarmaslikka qaror qilgan birinchi yildir.

Zero, 2010 yildan beri bozorda har yili kamida bitta yangi iPad paydo bo‘ldi va ba’zida ishlab chiqaruvchi to‘rttagacha yangi modelni chiqardi. Hozirda Apple kompaniyasining eng so‘nggi plansheti 2022-yil oktyabr oyida chiqarilgan iPad hisoblanadi.

Apple 2024 yilda yangilangan iPad, iPad mini, iPad Air, iPad Pro kabi bir nechta yangi mahsulotlarni chiqarishni rejalashtirmoqda. Flagman iPad Pro, shuningdek, OLED-displey, M3protsessori va yangi klaviaturani o‘z ichiga olgan muhim apparat va xususiyatlarni yangilashi kutilyapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring