Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

30 yildan so‘ng televizor va smartfonlar bo‘ladimi?

30 yildan so‘ng televizor va smartfonlar bo‘ladimi?

Foto: Ferra.ru / Kandinsky 3

Wired ekspertlarga savol tashladi: yana 30 yildan so‘ng hozirgidek televizorlar, smartfonlar, quloqchinlar va hokazo qurilmalar bo‘ladimi? O‘sha paytda odamlar qanday qurilmalardan foydalanishadi?

Ekspertlarning ko‘zi bilan o‘sha shartli 2053-yilga nazar tashlarkansiz, texnologik mo‘’jizalar mamlakatiga tushib qolasiz go‘yo: hammayoqda ekranlar, telefon boshingizda...

Telefonlar? “G‘isht”larni unuting, 30 yildan so‘ng ular garnituralar, quloqlar va miyaning o‘zida joylashadi. Generativ sun’iy intellektli bu virtual yordamchilar, atrofingizni qurshab turgan qurilmalarga bog‘lanib, sizga nima kerakligini oldindan biladi. Ishlab chiqarish ekologiyasi ancha tozalanadi: to‘liq nazorat qilinadigan ta’minot zanjiri, qayta ishlash oson bo‘lgan eruvchan bosma platalar odatiy holga aylanadi.

Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilar uchun mashg‘ulotlar samaradorligini oshiruvchi dorilar paydo bo‘ladi, shaxsiy trenerlarning raqamli egizaklari yordamga keladi. Smart soatlar qon bosimidan tortib glyukoza miqdorigacha — butun tanangizni nazorat qiluvchi qurilmalarga aylanadi. Kelajakda tabiiy ofatlar paytida mitti monitorlar, skanerlar va havoni filtrlovchi niqoblar singari yon qurilmalar ko‘plab odamlarning hayotini saqlab qoladi.

Quloqchinlar har kim o‘zi chop etib oluvchi 3D-mo‘’jizaga aylanadi. Avtomobillar akkumulyatorlariga esa juda ko‘p energiya sig‘adi, avtopilotlar odatiy holga aylanadi, uchar taksilar esa shahar transportini butkul o‘zgartirib yuboradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring