Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2023-yilda odamlar asosan iPhone xarid qilishdi

2023-yilda odamlar asosan iPhone xarid qilishdi

Foto: Aytishnik

Counterpoint Research (CR) tahlilchilari 2023-yilda eng ko‘p sotilgan smartfonlarni aniqlashdi.

Ma’lum bo‘lishicha, har yilgidek Amerikaning Apple kompaniyasi bozorda yetakchilik qilgan.

Shu bois ham o‘tgan yilning eng mashhur smartfoni nomiga iPhone 14 sazovor bo‘ldi. Chunki uning bozordagi ulushi 3,9 foizni tashkil etdi.

Qolaversa, kuchli uchlikka iPhone 14 Pro Max va iPhone 14 Pro ham kirdi.

Bu hali hammasi emas, reytingning qolgan dastlabki yetti o‘rinini ham Apple qurilmalari egalladi: Phone 13, iPhone 15 Pro Max, iPhone 15 Pro va iPhone 15.

Va nihoyat sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi o‘rinlar Samsung kompaniyasining Galaxy A14 5G, Galaxy A04e va Galaxy A14 4G qurilmalariga nasib qildi.

Counterpoint Research tahlilchilarining ta’kidlashicha, 2021-yildan buyon smartfonlar sotuvi bo‘yicha faqat Apple va Samsung qurilmalarigina kuchli o‘ntalikni egallab kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring