Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

2026-yilda yo‘ldagi har to‘rtinchi mashina — elektromobil bo‘ladi

2026-yilda yo‘ldagi har to‘rtinchi mashina — elektromobil bo‘ladi

Foto: Engadget

Elektromobillardan foydalanish ko‘paygandan-ko‘paymoqda. JD Power yaqinda taqdim etgan hisobot iste’molchilar elektromobillarga o‘tirishga tayyor shay emas degan xavotirlarni tarqatib yubordi.

Masalan, AQShda avtomashina xaridorlarining 29,2 foizida katta ehtimol bilan navbatdagi tanlov elektromobil bo‘ladi, bu o‘tgan yilning shu oyidagidan 3 foiz yuqori ko‘rsatkich.

JD Power xomcho‘tlariga qaraganda, 2024-yil oxiriga borib elektromobillarning avtobozordagi ulushi 13 foizni, 2026-yilda 24 foizni tashkil etadi.

Biroq hisobotda hammayoqni yoppasiga elektromobillashtirish uchun avtomobilsozlar o‘z strategiyalarini takomillashtirib olishlari zarurligi haqida ham gap boradi.

Ya’ni yo‘nalishni serdaromad ixcham krossoverlar bozoriga qarab olish — yanada ixcham va hamyonbop elektromobillar chiqarish kerak. Ayni paytda esa asosan premial elektr yo‘ltanlamaslarni ko‘p uchratyapmiz, oqibatda narxdagi katta farq va quvvatlash uchun infratuzilma borasida saqlanib turgan xavotirlar bois asosiy iste’molchilarning boshi qotgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring