Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Olimlar sun’iy intellektning ilmiy nashrlardagi rolini baholadilar

Olimlar sun’iy intellektning ilmiy nashrlardagi rolini baholadilar

Foto: Ferra

Sun’iy intellekt (SI) ilmiy nashrga, ayniqsa, o‘zaro sharhlash va maqolalar tayyorlashga sezilarli ta’sir ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Amerika tibbiyot assotsiatsiyasi jurnalining sobiq bosh muharriri, tibbiyot fanlari doktori Xovard Bauxnerning fikricha, bu jarayonlarga sun’iy intellektni integratsiyalash ilmiy nashrlar samaradorligi va sifatini oshiradi.

Bauxnerning ta’kidlashicha, SI qo‘lyozmalarni baholash jarayonini soddalashtirishi va muharrirlarga qaysi hujjatlarni tashqi ko‘rib chiqishga jo‘natish kerakligini hal qilishda yordam berib, maqolalar uchun dastlabki “baho”ni taqdim etishi mumkin. Bu malakali sharhlovchilarni topish muammosini yengillashtirishi va ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirishi mumkin, deydi olim. Bundan tashqari, sun’iy intellekt vositalari muharrirlarga iqtibos potensialini bashorat qilish va shu orqali jurnalning "ta’sir omili"ga ta’sir qilish orqali muhim maqolalarni tanlashda yordam berishi mumkin. 

European Journal of Emergency Medicine tahririyatida Bauxner SI muharrirlar va sharhlovchilarni almashtirmasligini, balki qimmatli qo‘shimcha ma’lumotlarni taqdim etishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring