Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirollik instituti vakillari bilan muhim uchrashuv

Qirollik instituti vakillari bilan muhim uchrashuv

Foto: «Pobedarf.ru»

INHA universiteti bilan Qirollik texnologiya instituti (Shvetsiyada joylashgan KTH Royal Institute of Technology) vakillari muhim uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Toshkentdagi INHA universiteti rektori Muzaffar Jalolov o‘z sahifasida ma’lum qildi.

KTH prezidentining xalqarolashtirish bo‘yicha maslahatchisi Kristina Murey va KTH xalqaro aloqalar bo‘limining loyihalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro loyihalar katta maslahatchisi Viktor Kordas bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Uchrashuv juda mazmunli o‘tdi, bir qator masalalar va istiqbolli mavzular muhokama qilindi. Xususan, talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, talabalar uchun yozgi va qishgi maktablar tashkil etish, shuningdek, ikki tomonlama ta’lim dasturlari bo‘yicha kelishib oldik», – deb yozadi Muzaffar Jalolov.

Qirollik texnologiya instituti Yevropadagi yetakchi texnik va muhandislik universitetlaridan biri, shuningdek, intellektual qobiliyat va innovatsiyalar markazidir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring