Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijda tashkil etilgan birinchi Koreya universiteti

Xorijda tashkil etilgan birinchi Koreya universiteti

2014-yilda Toshkent shahrida tashkil etilgan Koreya Respublikasining INHA universiteti chet elda tashkil etilgan birinchi Koreya universiteti ekanligini bilarmidingiz?

Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, biznes va logistika sohalari bo‘yicha yorqin va muvaffaqiyatli shaxslarni, ichki va xalqaro bozorlarda talabgir bo‘lgan kadrlarni tayyorlab kelmoqda.

Shuningdek, TShIU birinchilardan bo‘lib katta zalda o‘nlab videokuzatuv kameralari nazorati ostida shaffof imtihonlar o‘tkazishni boshlaganligi ham alohida e’tirofga loyiq.

Hattoki imtihon jarayonlarining shaffofligini nazorat qilish maqsadida har yili Janubiy Koreyaning INHA universiteti professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan delegatsiya Toshkent shahridagi INHA universitetiga tashrif buyuradilar.

Ta’lim jarayonlari xalqaro kredit tizimiga asoslanganligi bois talabalarga ma’lum chegaralar doirasida kreditlarni jamlash orqali o‘quv jarayonini individual rejalashtirish imkonini beradi.

Kredit tizimining yana bir ahamiyatli jihati shundaki, o‘quv dasturlari mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda tuziladi.

O‘quv jarayonlari esa to‘liq Koreya Respublikasining INHA universiteti ta’lim standartlari asosida tashkil etilgan va talabalarga faqat ingliz tilida ta’lim beriladi.

TShIU — biznes va logistika yo‘nalishi, kompyuter va axborot injiniringi fakulteti hamda MBA yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarga INHA universitetining butun dunyoda tan olinadigan xalqaro diplomini berishni boshlagan birinchi universitet, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zbekiston talabalarga dunyo bo‘ylab keng imkoniyatlarni taqdim etuvchi TShIU diplomi Janubiy Koreyadagi INHA universitetining diplomi bilan mutlaqo bir xil.

Joriy yilda Toshkent shahridagi INHA universiteti tashkil etilganligining 10 yilligi keng nishonlanadi.

O‘tgan yillar mobaynida universitet sifatli dasturlar va noyob ta’lim imkoniyatlarini taklif qilgan holda, mamlakatimizda yetuk malakali kadrlarni tayyorlashga katta hissa qo‘shib kelmoqda.

Universitet o‘zining ishonchli va muvaffaqiyatli kelajagini barpo etish ostonasida turgan bitiruvchi talabalari bilan nihoyatda faxrlanadi!

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring