Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

INHA talabalariga fransuz olimining ma’ruzasi ma’qul keldimi?

INHA talabalariga fransuz olimining ma’ruzasi ma’qul keldimi?

Kuni kecha INHA universitetiga sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar va kibernetika sohasidagi yetakchi fransuz mutaxassislaridan biri professor Loan Roksin tashrif buyurdi.

Professor Roksin PhD darajasiga ega bo‘lib, o‘qituvchi va xalqaro miqyosda tan olingan tadqiqotchi olim, shuningdek, ELLIADD fanlararo laboratoriyasi direktori hisoblanadi. Qolaversa, u raqamli aloqa, elektron ta’lim, raqamli nashriyot va kontent semantikasi bo‘yicha mutaxassis.

Ushbu tashrif davomida professor Roksin INHA talabalari uchun sun’iy intellektning kelajagi, uning ta’lim, fan va biznesga ta’siri haqida eksklyuziv ma’ruza o‘qidi.

Innovatsion ishlanmalar va sun’iy intellekt istiqbollari, shuningdek, kelgusi yillarda mutaxassislarning yosh avlodini kutayotgan qiyinchiliklar va imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring