Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov IT Park faoliyati bilan tanishdi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi rahbari Akilbek Japarov IT Park faoliyati bilan tanishdi

Foto: Gov.kg

O‘zbekistonda amaliy tashrif bilan bo‘lgan Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — Qirg‘iz Respublikasi prezidenti administratsiyasi rahbari Akilbek Japarov Toshkent shahridagi IT Park majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

IT Park direktori Farhod Ibragimov ushbu texnoparkning asosiy maqsadi bozorda istiqbolli startap-loyihalarni ishga tushirish va IT-kompaniyalar uchun erkin iqtisodiy zona, shu jumladan, ilmiy va ta’lim tashkilotlari bilan integratsiyalashuv orqali tashkil etishdan iborat ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

IT Park majmuasiga tashrif yakunlari bo‘yicha Akilbek Japarov Qirg‘iz Respublikasi startaplarni yaratish va rag‘batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishda O‘zbekiston Respublikasi to‘plagan tajribadan faol foydalanishi kerakligini ta’kidladi.

“Kelajak, jumladan, hayotning turli sohalarida innovatsion texnologiyalar va IT-yechimlarga tegishli. Biz jadal rivojlanayotgan raqamli dunyoning ajralmas qismi bo‘lishimiz va global tendensiyalardan xabardor bo‘lishimiz kerak”, — dedi Akilbek Japarov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring