Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

"IT" so‘zining ma’nosini bilasizmi?

IT - «Information Technology» so‘zining qisqartmasi bo‘lib, axborot texnologiyasi degan ma’noni anglatadi.

IT so‘zini ishlatganda, aslo «IT texnologiyalari» deb gapirilmaydi. Boisi, gapni to‘liq yozib, o‘zbekchaga o‘girsak «Axborot texnologiyalari texnologiyalari» ko‘rinishida namoyon bo‘ladi, bu esa biroz g‘alati eshitiladi.

Ish jarayonimiz kompyuter texnologiyalari bilan bevosita bog‘liq bo‘lganligi sababli, har bir korxonada alohida IT bo‘limlar mavjud, hattoki umuman kompyuterga aloqasi bo‘lmagan korxonalarda ham.

Bundan ko‘rinib turibdiki, bugungi kunda IT sohasiga qiziqish va talab nihoyatda katta.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring