IT Community sizga yordam berishga tayyor!
IT mutaxassislar va ushbu sohaga qiziqqan yoshlarni bir joyda birlashtirish ham shaxsiy, ham professional rivojlanishga yordam beradi. Aynan shu maqsadda IT Park tashabbusi bilan 4 mart kuni IT Community, ya’ni IT Hamjamiyati ishga tushirildi. Hamjamiyat a’zolari IT sohasidagi qiziqarli ma’lumotlarni topishi, bilim va tajriba almashishi mumkin, shuningdek kar’yera qurish, loyiha uchun jamoa topish, g‘oyalarni muhokama qilish, yetakchi mutaxassislardan yordam olish va hatto mentor topish uchun ushbu platforma juda qulay imkoniyatlarni taqdim eta oladi.
Hamjamiyat doirasidagi ilk uchrashuv Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tdi va bir vaqtning o‘zida 6 ta spiker ishtirokini ta’minladi:
•Alyona Vladimirskaya – Mail.Ru Group’ning kadrlar bilan ishlovchi sobiq rahbari va Yilning HR brendi mukofoti sovrindori.
•Akmaljon Musayev – HyperApp bosh direktori, loyiha menejeri va startaplar asoschisi, Toshkent, O‘zbekiston va AQShdagi GAMEFALL loyihasi hammuassisi va rahbari;
•Bobur Rajabov – texnik tadbirkor, o‘qituvchi, EverbestLab bosh direktori;
•Leonid Cherniy – Uzum kompaniyasining ijrochi direktori, MegaFon, Rambler, Yandex, Mail.ru Group kabi kompaniya mahsulotlarini yaratish va rivojlantirishda ishtirok etgan taniqli top-menejer;
•Munira Bekmuradova – TopTal’da katta dasturchi muhandis va hamjamiyat rahbari;
•Shavkat Karimov – O‘zbekiston IT Hamjamiyati rahbari, mentor, investor.
IT Hamjamiyatga qo‘shilish uchun LinkedIn platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish va IT jamiyatning bir qismiga aylаnish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter