Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ikki davlat AKT yo‘nalishida kadrlar malakasini oshirishga kelishib oldi

Ikki davlat AKT yo‘nalishida kadrlar malakasini oshirishga kelishib oldi

Foto: Raqamli texnologiyalar vazirligi

Bugun, 26-yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Koreya Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Kim Xi Sang bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Unda elektron hukumat va telekommunikatsiya sohasida ikki tomonlama hamkorlik va boshqa muhim masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida elektron hukumat yo‘nalishida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, O‘zbekistonning raqamlashtirishda xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada yaxshilash masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yurtimizda IT-ta’lim sohasini hamkorlikda rivojlantirish, AKT yo‘nalishida kadrlar malakasini oshirishga kelishib olindi.

Shu bilan birga, uchrashuv davomida Koreyada faoliyat yuritadigan BPO kompaniyalarini O‘zbekistonga olib kelish va ularni IT Park rezidentiga aylantirish borasida fikr va mulohazalar bildirildi. Bugunga qadar Koreya IT korxonalarining IT Parkga rezident bo‘lishlari uchun O‘zbekistonda IT rezidentlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirish uchun prezentatsiyalar o‘tkazilib, hozirgi kunda mazkur olib borilgan ishlarning samarasi sifatida Korea Claud korxonasi IT Parkning rezidentiga aylandi. Shu bilan birga, yaqin kelajakda Koreyaning boshqa IT kompaniyalarining ham IT Park rezidentiga aylanishlari uchun salmoqli ishlar olib borilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuvda 2022-yilda O‘zbekiston va Koreya o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilgani alohida ta’kidlandi.

Ushbu ishlarning davomi sifatida 2023-yilda ham mamlakatimizning 5 ta hududida yaratilgan IT-markazlar negizida “Yoshlarning raqamli iqtisodiyot va raqamli tadbirkorlik imkoniyatlarni kengaytirish” bo‘yicha maxsus kurslarning tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, koreyalik ekspertlar bilan huquqiy tizimda ham “Sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish strategiyasi”ni ishlab chiqishda ham hamkorlik qilinadi.

Hozirda Koreya tajribasi asosida sun’iy intellektni joriy qilish yo‘l xaritasi ishlab chiqilib, strategiyaning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish ustida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring