Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida IT-sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida IT-sohasida hamkorlik mustahkamlanmoqda

24–26-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Uzbekistan-Türkiye Business Forum” tadbiri doirasida Turkiyaning Anqara shahrida joylashgan “Bilkent CYBERPARK” bosh direktori Faruk Inaltekin mamlakatimizga amaliy tashrif bilan keldi.

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida Faruk Inaltekin biznes-forumga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, uchrashuvda erishilgan natijalar IT-kompaniyalarni qo‘llab-quvvatlash dasturlari va mamlakatning kadrlar salohiyati haqida ma’lumot taqdim etildi.

“Bilkent CYBERPARK”  vakili Turkiyaning yirik texnologik kompaniyalarini “Global Business Services Forum” tadbiriga taklif qilishni rejalashtirilayotgani, bu esa Turkiya korxonalarining O‘zbekiston bozoriga va kelgusida hamkorlik aloqalarini o‘rnatishga bo‘lgan qiziqishining yuksakligidan dalolat berishini ta’kidladi.

Forumda IT Park rezidentlari “Uzbekistan-Türkiye Business Forum”da ishtirok etib, turk kompaniyalari vakillari uchun o‘z mahsulotlari va xizmatlarini taqdim etishga kelishildi.

Uchrashuv yakunida kompaniya vakili global korporatsiyalar bilan investitsiyalar, bank, konsalting va boshqa sohalardagi xalqaro hamkorlik katalizatorig aaylanadigan “Enterprise Uzbekistan” Raqamli texnologiyalar xalqaro markaziga qo‘shilishga ham qiziqish bildirdi.

Shuningdek, “Uzinforom” Yagona integratori jamoasi Faruk Inaltekinga davlat xizmatlarini raqamlashtirish sohasidagi o‘z mahsulotlari —  “MyGov” platformasi, “MyID” biometrik identifikatsiya tizimi va boshqalarni taqdim etdi.

“BilkentCYBERPARK” bosh direktori davlat sohasida raqamli ekotizimning yetuklik darajasini qayd etib, bu borada tajriba almashishga qiziqish bildirdi.

Ma’lumot uchun: “BilkentCYBERPARK”– Turkiyaning eng yirik texnoparklaridan biri bo‘lib, maydoni qariyb 135 000 m² ni tashkil etadi, u turli sohalardagi 300 dan ortiq yetakchi ilmiy-tadqiqot kompaniyalarini, shuningdek, 4 ta tadqiqot markazi, 1 ta mikronanochip ishlab chiqarish zavodini o‘zida birlashtiradi. Texnoparkda 5400 nafardan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring