“IT-ta’limdagi imkoniyatlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi
Bugungi kunda yoshlarning IT sohasidagi bilimlarini oshirish, bandligini ta’minlash, dunyoqarashini kengaytirish hamda ushbu sohada yetuk mutaxassis bo‘lishlari uchun maqsadli kreditlar ajratish, IT sertifikatlar, "IT Talents" dasturi, masofaviy ta’lim dasturlari kabi imkoniyatlar yaratib kelinmoqda.
Mana shunday imkoniyatlardan yoshlarni xabardor qilish va keng jamoatchilikka to‘liq ma’lumot berish maqsadida ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov, Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi direktori, TATU, Inha, Amity, IT Park universitetlari rektorlari va Acharya universiteti rahbarlari ishtirok etdi.
“IT-ta’limdagi imkoniyatlar” haqidagi ma’lumotlar qiziqtirsa, albatta, suhbatni ushbu havola orqali ko‘rishingiz mumkin:
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter