Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

“The Sunday Guardian” nashrida O‘zbekistonda IT kompaniyalari uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar keng yoritildi

“The Sunday Guardian” nashrida O‘zbekistonda IT kompaniyalari uchun yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar keng yoritildi

Unda:

  • mamlakatimizdagi raqamlashtirish jarayonlari;
  • xorijiy kompaniyalar bilan ko‘p tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
  • yurtimizda IT sohasidagi xorijiy sarmoyali kompaniyalar soni 20 baravar ko‘paygani;
  • IT eksporti har yili ikki yoki uch barobar oshayotgani;
  • 2030-yilgacha IT eksport daromadini 5 milliard dollarga yetkazish;
  • 300 ming ish o‘rni yaratish maqsad qilingani haqida batafsil ma’lumot berildi.

Sherzod Shermatov:

“Bizning vazifamiz raqamlashtirish orqali insonlar hayotini yaxshilash va yoshlarga yurtimizda turib daromad topishiga yangi imkoniyatlar yaratishdir. Aholi uchun ko‘proq ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilganmiz. Shu sababli, IT kompaniyalari O‘zbekistonda o‘z ofislarini ochishlari uchun eng yaxshi muhitni taqdim etishda davom etmoqdamiz.”

Maqolani o‘qish

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring