Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shanhayda bo‘lib o‘tgan Butunjahon mobil kongressida vazirlik vakillari ishtirok etib, muhim masalalarni muhokama qildi

Shanhayda bo‘lib o‘tgan Butunjahon mobil kongressida vazirlik vakillari ishtirok etib, muhim masalalarni muhokama qildi

Xitoyning Shanhay shahrida bo‘lib o‘tgan “Butunjahon mobil kongress” (MWC2024) tadbirida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari J. Maxsudov boshchiligidaga delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

Unda vazir o‘rinbosari “Markaziy osiyo va Yaqin sharq mamalakatlarida AKT sohasidagi munosabatlarda davlat boshqaruvi organlari faoliyati” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etib, O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar joriy etish va rivojlantirish holati va bugungi kunda IT kompaniyalar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida nutq so‘zladi. 

Shuningdek, ushbu tadbirlar doirasida Huawei, ZTE, Chine mobile, China Unicom, H3C hamda Shanghai spacesail technologies, co. Ltd kabi yirik kompaniyalarning zamonaviy yangi avlod texnologik yechimlari bilan tanishildi va ularni O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarida joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi. 

Bundan tashqari Huawei, Genertec, CNTIC kompaniyalari, “SINO SURE” sug‘urta kompaniyasi hamda Xitoyning Eksimbanki vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, O‘zbekistonda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish mexanizmlari va moliyalashtirish masalalari muhokama qilindi.  

Shuningdek, Huawei kompaniyasi bilan memorandum imzolandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring