Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Karamay shahri meri bilan IT yo‘nalishida hamkorlik masalari ko‘rib chiqildi

Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Karamay shahri meri bilan IT yo‘nalishida hamkorlik masalari ko‘rib chiqildi

Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari R. Karimjonov Xitoy Xalq Respublikasi Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Karamay shahri meri Chen Kay boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuv davomida Karamay shahri bilan aloqalar mustahkamlanib borayotgani va savdo-iqtisodiy aloqalar jadallashayotganiga alohida e’tibor qaratildi. 

Shu sababli ushbu hamkorlik ko‘rsatkichini IT yo‘nalishida mustahkamlash orqali yanada oshirishga qiziqish bildirildi. 

Xususan, AKT infratuzilmasi, kreativ iqtisodiyot, dasturiy ta’minot, raqamli texnologiyalar xizmatlari, raqamli operatsiya xizmatlari va IT autsorsing xizmatlari hamda boshqa bir qator dolzarb yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, Chen Kay boshchiligidagi Karamay shahri hokimligi mas’ul vakillarining hamkorlik takliflari ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda mehmonlar O‘zbekistonda IT sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xorijiy biznes vakillariga yaratilayotgan shart-sharoitlar, jumladan, soliq imtiyozlari va IT ta’limni rivojlantirishga qaratilgan qator loyihalar bilan tanishtirilib, tashabbuslarni to‘liq qo‘llab-quvvatlash va hamkorlikni aniq istiqbollarini belgilab olishga kelishildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring