Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Raqamli texnologiyalar vazirligi — vazirliklar o‘rtasida birinchi (Ochiqlik indeksi)

Raqamli texnologiyalar vazirligi — vazirliklar o‘rtasida birinchi (Ochiqlik indeksi)

Foto: Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Ochiqlik indeksi natijalarini e’lon qildi. Unda 2022-yil yakunlari bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarida ochiqlik bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning samaradorligi va natijadorligi baholangan.

Ochiqlik indeksini hisoblash 84 ta baholash mezonidan tarkib topgan 8 ta indikator asosida Baholash komissiyasi tomonidan amalga oshirilgan.

2022-yil uchun “Ochiqlik indeksi”ni baholashda umumiy 86 ta vazirlik, idora va muassasalar qamrab olingan bo‘lib, ulardan 21 tasi  vazirlik, 14 tasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, 32 tasi davlat ishtirokidagi tashkilotlar hamda 19 tasi qo‘mita va agentliklarni tashkil etgan.

To‘plangan ballarning samaradorlik ko‘rsatkichlari Metodikada belgilangan tartibga muvofiq toifalarga ajratilib, unga ko‘ra 71 balldan 100 ballgacha to‘plaganlar “yashil”, 55 balldan 71 ballgacha bo‘lganlar “sariq” va 55 balldan past ko‘rsatkich qayd etganlar “qizil” toifaga kiritilgan.

Ochiqlik indeksida eng yuqori samaradorlik ko‘rsatkichlari Statistika agentligi (89 ball), Bojxona qo‘mitasi (88 ball), Toshkent viloyat hokimli (83 ball), Xorazm viloyat hokimligi (79 ball) va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (79 ball) tomonidan qayd etilgan.

Mazkur ko‘rsatkchilar bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi umumiy reytingda 6-o‘rinni, vazirliklar o‘rtasida 1-o‘rinni band etdi (yuqoridagi diagramma).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring